Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

04.08.2022 14:10

Abituriyentlar diqqatiga!  My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Buning uchun abiturient my.gov.uz нинг “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va parolini kiritib, ruxsatnomani onlayn yuklab oladi. 
Eslatib o‘tamiz!
Joriy yilda test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi. Shuni inobatga olib, ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishingizni tavsiya qilamiz.
Abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
My.gov.uz – abituriyentlarga omad tilaydi!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?