Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

26.08.2021 09:00

Ariza holatini tekshirish nima uchun kerak?

Ariza holatini tekshirish nima uchun kerak?

Hozirgi kunda Yagona portal, Davlat xizmatlari markazlari hamda pochta bo‘limlari orqali yuborilgan arizalar holatini kuzatish imkoniyati bor.

Shu o‘rinda sizda “Ariza holatini tekshirish nima uchun kerak?”, degan o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin.

Javob: avvalo, eng qimmatli bo‘lgan vaqtingizni tejash uchun kerak.

Bilamizki, yuborilgan ariza tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganiladi. Va turli sabablarga ko‘ra, ko‘rib chiqish muddati cho‘zilishi mumkin.

Shunday hollarda qayta-qayta DXMga yoki mas’ul davlat tashkilotiga qatnamaslik uchun Yagona portal orqali arizangiz holatini kuzatib boring. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish ham talab etilmaydi.

Arizaning maxsus kodini kiritsangiz kifoya.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?