Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

09.05.2025 09:00

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Ushbu kunda biz tinchlik va erkinlikni himoya qilgan, mardlik va fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizni minnatdorlik bilan yodga olamiz. Urush faxriylari, mehnat fronti ishtirokchilari hamda keksa avlod vakillari – barchasi bizning bugungi kunimiz poydevorini yaratgan aziz insonlardir.

🎖 my.gov.uz portali har bir fidoyiga chuqur minnatdorchilik bildiradi va keksa avlodga g‘amxo‘rlik qilish – hammamizning burchimiz ekanini eslatadi.

📌 Keksa fuqarolar va faxriylar uchun my.gov.uz portalida quyidagi davlat xizmatlari mavjud:
🔹 Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriy yo‘llanmasini olish
🔹 Imtiyozli transport kartasini yoki uning dublikatini rasmiylashtirish
Biz har bir fuqaro, ayniqsa, yoshi ulug‘ avlod vakillari davlat xizmatlaridan qulay, tez va hurmat bilan foydalanishini ta'minlashga intilamiz.

🕊 Bugungi kunda xotiramiz barhayot, hurmatimiz samimiy va g‘amxo‘rligimiz amaliy bo‘lsin.

Hurmat bilan,
my.gov.uz jamoasi

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?