Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

11.03.2025 09:00

⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” qulaylashdi!

⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratilgan. (https://my.gov.uz/oz/service/363) Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔 Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

⏺ Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
⏺ Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
⏺ Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/erugs14mhiA

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?