Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

02.01.2025 09:00

🧑‍💻 Issiq uyingizda qolib, my.gov.uz dan foydalaning!

❄️Qish kelib, sovuq kunlar ham boshlandi. Endi siz qalin kiyimlarda turli idoralarga qatnab, navbat kutib, ma’lumotnomalar olishingiz shart emas!

✅ Bugun aksariyat ma’lumotnomalarni uydan chiqmasdan turib olishingiz mumkin! Bilasizmi, 2024-yilda 7 milliondan ortiq ma’lumotnoma onlayn tarzda taqdim etilgan!

📱 my.gov.uz portali orqali 65 dan ortiq, bank va to‘lov tizimlari ilovalarida esa 30 dan ortiq ma’lumotnomalarni osongina olish mumkin.

✅ Masalan, eng talabgir bo‘lgan mehnat daftarchasidan ko‘chirma, doimiy yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma, sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma va boshqalarni istalgan paytda tezkor yuklab olaverasiz!

🟡 Vaqtingizni tejang, sovuqda ko‘chada yurmang! Issiq uyingizda qolib, my.gov.uz dan foydalaning! 

❗️ Kerakli ma’lumotnomalarni onlayn oling va, eng muhimi, salomat bo‘ling!

🧑‍💻 https://youtube.com/shorts/R6zZ738wdyE?feature=share

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?