Qurilish - bu jiddiy va mas’uliyatli munosabat bilan qabul qilinishi kerak bo‘lgan jarayondir. Har bir birinchi navbatda tugagan ob'yekt qanday ko‘rinishini tasavvur qiladi - tashqi ko‘rinishi, materiallari, elementlari va dizayni haqida o‘ylaydi.
Binolar texnik talablarga javob berib shaharning tashqi ko‘rinishiga mos bo‘lishi kerak hamda shaharsozlik qoidalariga ko‘ra, nafaqat estetik talablarni, balki gigiyena, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa ko‘plab talablarni ham hisobga olish kerak.
Shahar bosh rejaga muvofiq qurilib, shahar bosh qurilish boshqarmasi bilan kelishilgan bo‘lishi kerakdir. Buning uchun har bir quruvchi arxitektura va rejalashtirish topshirig‘ini olishi kerak.
Arxitektura va rejalashtirish topshirig‘i (ART) qurilish boshlanishidan oldin olinishi kerak bo‘lgan asosiy normativ hujjatlardan biri bo‘lib, u qurilishning barcha talablarni o‘z ichiga oladi.
ART olish uchun quyidagi qadamlarni bajarishingiz kifoya:
Kutish muddati 1 ish kuni.
Ta’kidlash joizki, ushbu xizmat takomillashtirib, to‘lov jarayonida xatoliklar bartaraf etildi, so‘rovni kutish vaqti qisqartirildi va QR kodi qo‘shildi - endi QR kod orqali hujjatning haqiqiyligi tezda tekshirilishi mumkin.
My.gov.uz - davlat xizmatlari yangi formatda!
Xizmatga o‘tish havolasi: https://my.gov.uz/oz/service/157
Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?