Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

20.06.2024 17:00

Bugundan 1-sinfga qabul boshlandi!

Hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabga tayyorlash vaqti keldi! 2024-2025-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari bugun, 20-iyundan start oldi. 
 
Joriy yilda qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
      1-bosqich: 20-iyundan - 31-iyulgacha (mikro-hudud doirasida) 
      2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha (mikro-hududdan tashqarida) 
 
1-sinfga qabul arizalari my.gov.uz orqali faqat Toshkent shahridagi maktablar uchun elektron shaklda topshiriladi. 
 
Eslatma: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. 
 
Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadamni my.gov.uz bilan qo'ying!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?