Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

16.01.2023 09:40

Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish (https://my.gov.uz/ru/service/308)ning yangi tartibi joriy qilinganidan xabaringiz bor.

Buning uchun haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/308) 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lashi lozim.

My.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

 

 

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?