Популярные ключевые слова

02.06.2022 10:00

Smartfon orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish yanada qulaylashdi!

Issiq kunlar yaqinlashgan sari haydovchilar o‘z avtotransportlari oynalari tusini o‘zgartirish haqida ko‘proq bosh qotirishadi.

Hozirgi kunda qo‘l telefoniga my.gov.uz mobil ilovasini yuklab olganlar allaqachon ONE ID tizimida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z login va paroliga ega bo‘lishgan.

Shunday ekan, ular uchun muammo yechimi oson va qulay. Ya’ni mobil ilovada “Avto oynalari tusini o‘zgartirish” xizmati tanlanib, ruxsatnomani 5 daqiqada rasmiylashtirish mumkin.

Mobil ilova orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish tartibi bilan quyidagi videoyo‘riqnomada tanishing: https://youtu.be/bM8RE20Tf48

Вам понравился контент страницы?