Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

08.09.2022 10:00

Kira qilish uchun litsenziya varaqasini olish my.gov.uz da arzonga tushadi!

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. 

Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi. 

my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?