1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ulanish turini, raqamni, tarif rejani tanlab ariza yuboradi;
2. Ariza, “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rib chiqiladi;
3. “O‘zbektelekom” AK operatori tomonidan arizachiga qo‘ng‘iroq qilinadi va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun lto‘lov amalga oshirish lozimligi ma’lum qilinadi;
4. Arizachi, ulanish turidan SIM kartani tanlab, yetkazib berish manzilini belgilasa, SIM karta “O‘zbektelekom” AK tomonidan yetkazib beriladi. Agar, arizachi ulanish turidan eSIM texnologiyasi orqali ulanishni tanlasa, “O‘zbektelekom” AK eSIMni faollashtirish uchun QR kodni shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga eSIMni faollashtirish QR kodini yuboradi.