Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

27.12.2024 10:00

⚡️my.gov.uz dan yana bir yangilik❗️

Endilikda fuqarolarni (chaqiriluvchi va harbiy xizmatga majburlar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruvi my.gov.uz mobil ilovasi orqali elektron shaklda xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

📱Bunda elektron chaqiruv xabarnomasini olish uchun my.gov.uz mobil ilovasi foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Elektron chaqiruv xabarnomasi mobil ilovaning xabarnomalar bo‘limida aks ettiriladi.

Eslatma: Mazkur tartib amaldagi qog‘oz shakldagi chaqiruv qog‘ozini berish tartibini bekor qilmagan holda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi.

📱 Ilovani yuklab oling: Google Play va AppStore.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?