🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!
❗️2024-yilda 7 milliondan ortiq ma'lumotnomalar onlayn taqdim etilgan!
🟡 Bu degani, millionlab odamlar vaqtini tejab, ishlarini tez va oson hal etishdi. Siz ham shunday qiling!
📱 My.gov.uz portali orqali 65 dan ortiq, tijorat banklari va to'lov tizimlarining mobil ilovalari orqali esa 30 dan ortiq ma'lumotnomalarni onlayn olish imkomiyati yaratilgan.
🌟"Top-5" ma'lumotnomalar:
🔴 Mehnat daftarchasidan ko'chirma - 2,5 mln
🔴 Doimiy yashash joyi to'g'risida ma'lumotnoma - 1,5 mln. dan ortiq
🔴 Sudlanmaganlik to'g'risida ma'lumotnoma - 456 mingdan ortiq
🔴 Ruhiy kasalliklar bo'yicha dispanser ma'lumotnomasi - 201 mingdan ortiq
🔴 Narkologik kasalliklar bo'yicha dispanser ma'lumotnomasi - 180 mingdan ortiq
Ma‘lumot o‘rnida: 2024-yilning dekabr oyiga kelib, 2023-yilga nisbatan 2,1 milliondan ortiq ma'lumotnomalar onlayn olingan. Bu raqam tobora o'sib bormoqda!
Qishning sovuq kunlarida davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali onlayn foydalaning va issiq uyingizda qoling!
Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?