Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

10.12.2024 09:00

✨ Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kunga 32 yil toʻldi!

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi ushbu shonli sana bilan barcha vatandoshlarimizni chin qalbdan tabriklaydi!
 
Madhiya – bu mustaqilligimiz, erkimiz va Vatanga boʻlgan faxrimiz ramzi! Uni kuylaganda xalqimizning buyukligi, donoligi va mehnatkashligi koʻz oldimizda namoyon boʻladi.

Asrlar davomida ota-bobolarimiz oʻz tarixi va madaniyatini yaratish, biz avlodlar uchun saqlashga intildilar. Biz shunday buyuk ajdodlar vorisi ekanligimizdan faxrlanamiz.

Madhiya – bu Vatanga sodiqlik qasami, unga butun qalb va jon bilan xizmat qilish vaʼdasidir. Bu birlik va totuvlikka chaqiruvdir.

Bugun Oʻzbekiston kelajakka ishonch bilan qarab, dinamik rivojlanayotgan davlatlardan biridir. Lekin biz hech qachon oʻz ildizlarimizni, oʻtgan yoʻlimizni unutmaymiz!

Madhiyamizning kuyi doimo qalblarimizda yangrasin va bizni yangi zafarlarga undasin!

▶️https://youtu.be/N6doyzYg8Gw

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?