Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

07.12.2020 17:30

YIDXP qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha telegram-bot

Hurmatli fuqarolar!

Agar sizda my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish bo‘yicha savollar paydo bo‘lsa, Siz https://t.me/myGovUzSupportBot telegramm-botga yordam olish uchun murojaat qilishingiz mumkun.

Botga quyidagi yo‘nalishlardagi savollar, takliflar yoki xatoliklar to‘g‘risida murojaat qilishingiz mumkin:

- Yagona portaldagi xizmat bo‘yicha;

- Yagona portalga yuborilgan arizalar bo‘yicha;

- Yagona portalning mobil ilovasi bo‘yicha;

- Yagona portalning veb-talqini bo‘yicha.

Shuni qayd etib o‘tish lozimki, bot faqatgina Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati doirasiga kiruvchi murojaatlarga javob beradi va xabarlarni dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qiladi.

Bizga murojaat qiling va biz albatta Sizga javob qaytaramiz!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?