Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

30.08.2024 16:45

❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

📆 Demak:

✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

📱 Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

🟡 Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?