Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

13.05.2024 13:00

Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz:

- Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish. Uydan chiqmagan holda farzandingiz ko‘chiriladigan maktabni tanlang va so‘rov yuboring;

- Yo‘qolgan yoki shikast etgan maktab shahodatnomasi (10 ish kunigacha) hamda diplom dublikatini (15 ish kunida) berish. Hech qanday tashriflarsiz, hujjatlarsiz oson va qulay amalga oshiriladi;

Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish. Agar siz chet elda o'qigan bo'lsangiz, ta'limingiz tan olinganligi to'g'risidagi guvohnomaga ariza topshiring. Bu sizga O‘zbekistonda o'qish va ishlashga yordam beradi.

Shuningdek:

- Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarida qatnashishga ariza berish;
- Xalqaro IT-sertifikatlarini olish va o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplashga ariza berish;
- Xorijlik fuqarolar farzandlarini maktabga qabul qilish;
- Pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish;
- Ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash kabi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin.

Yana foydali xizmatlar – “Ta'lim” bo'limida!

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?