Ko'p qidirilgan kalit so'zlar

28.12.2022 09:45

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 11-12-, 14-16-, 19-20-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-dekabr) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?